Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 37–41-betlar

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA ”O'QITUVCHI–AI–O'QUVCHI” TRIADASINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Orazova, Sultonposhsha

DOI: 10.5281/zenodo.21945781 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiyalashuvining pedagogik mazmuni hamda “o‘qituvchi–AI–o‘quvchi” triadasi doirasida yuzaga keladigan didaktik imkoniyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellektning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi an’anaviy pedagogik munosabatlarni almashtiruvchi emas, balki ularning funksional imkoniyatlarini kengaytiruvchi intellektual vosita sifatidagi o‘rni asoslab beriladi. Triada komponentlarining funksional xususiyatlari, xususan, o‘qituvchining pedagogik maqsadni belgilash va jarayonni boshqarish, AI vositalarining ta’limiy kontentni shakllantirish, differensiallashtirish va teskari aloqani qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchining esa faol bilish subyekti sifatidagi roli ochib beriladi. Shuningdek, AI vositalaridan foydalanishning boshlang‘ich ta’limda individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish, o‘quv materiallarini vizuallashtirish, adaptiv topshiriqlar yaratish va o‘qituvchining metodik faoliyatini optimallashtirish imkoniyatlari yoritiladi. Natijada AI texnologiyalarining didaktik samaradorligi ularning texnik imkoniyatlari bilan emas, balki pedagogik maqsad, o‘qituvchi kompetensiyasi va o‘quvchining mustaqil bilish faoliyati bilan uyg‘unlashtirilish darajasi bilan belgilanadi, degan xulosaga kelinadi.

sun’iy intellekt, boshlang‘ich ta’lim, o‘qituvchi–AI–o‘quvchi triadasi, didaktik imkoniyatlar, generativ AI, pedagogik integratsiya, adaptiv ta’lim, o‘qituvchi kompetensiyasi, o‘quvchi subyektligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.