Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 64–66-betlar
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MUSTAQIL SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Shavkatova, Shahrizoda
DOI: 10.70413/zdpp-v05-i17-p1-016 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mustaqil so‘z turkumlari ot, sifat, son, fe’l, olmosh va ravishni o‘rgatish metodikasini takomillashtirish masalalari ilmiy-metodik jihatdan keng yoritilgan. Tadqiqotda so‘z turkumlarini o‘rgatishning lingvistik asoslari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning psixologik xususiyatlariga mos metodik yondashuvlar, mashqlar tizimini izchil va yaxlit tashkil etish yo‘llari tahlil qilingan. Maqola O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari va amaldagi ona tili o‘quv dasturlariga tayangan holda yozilgan bo‘lib, unda ilgari surilgan xulosalar boshlang‘ich ta’lim amaliyotida samarali qo‘llanishi mumkin.
boshlang‘ich ta’lim, mustaqil so‘z turkumlari, ot, sifat, fe’l, olmosh, ravish, ona tili metodikasi, grammatik kompetensiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.