Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 71–73-betlar

BOLALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Ismoilova, Sabina

DOI: 10.70413/zdpp-v5-i17-56430 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Didaktik o‘yinlarning bolaning taqqoslash, guruhlash, tahlil qilish, umumlashtirish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yin jarayonida bolalarning faolligi, mustaqil fikrlashi va muammoli vaziyatlarga yechim topish qobiliyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Tezisda didaktik o‘yinlarni ta’lim jarayoniga maqsadli va izchil kiritish bolalarning nafaqat bilish faoliyatini, balki muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini ham rivojlantirishi asoslab beriladi.

didaktik o‘yin, mantiqiy tafakkur, maktabgacha ta’lim, bolalar, bilish faoliyati, fikrlash, taqqoslash, guruhlash, tahlil, umumlashtirish, muammoli vaziyat, pedagogik texnologiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.