Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 74–79-betlar

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z MA’NOSI USTIDA ISHLASHDA INTEGRATIV YONDASHUVLAR: TIL VA TASVIR UYG‘UNLIGI

Husenova, Muhtaram

DOI: 10.70413/zdpp-v5-i17-56502 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida so‘z ma’nosi ustida ishlashni takomillashtirishning integrativ yondashuvga asoslangan metodik imkoniyatlari tadqiq etiladi. Xususan, lingvistik birliklarning semantik mazmunini o‘quvchiga yetkazishda verbal va vizual komponentlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, so‘z–tasvir–tushuncha–nutq faoliyati integratsiyasi, rasmli-izohli o‘quv materiallaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari ochib beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, so‘z ma’nosini o‘zlashtirish jarayonida tasvirning faqat illustrativ vosita emas, balki semantik axborot tashuvchi va kognitiv faoliyatni faollashtiruvchi didaktik komponent sifatidagi funksiyasi asoslanadi. Shuningdek, til va tasvir uyg‘unligiga asoslangan topshiriqlar tizimi hamda uning metodik modeli taklif etiladi.

boshlang‘ich ta’lim, ona tili, so‘z ma’nosi, integrativ yondashuv, til va tasvir uyg‘unligi, rasmli-izohli material, semantik kompetensiya, lug‘at boyligi, nutqiy kompetensiya, vizual ta’lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.