Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 80–82-betlar
GENDER IDENTITETNING BADIIY ADABIYOTDA AKS ETISHI
Qodirov, Abdulazizbek
DOI: 10.70413/zdpp-v5-i17-56550 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada gender identitetning badiiy adabiyotda shakllanish va ifodalanish mexanizmlari o‘rganiladi. Gender identitet biologik jinsning oddiy aks-sadosi emas, balki ijtimoiy me’yorlar, rollar, xulq modellari va qadriyatlar bilan bog‘liq madaniy-poetik hodisa sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda J. Butlerning gender performativligi, S. de Bovuar qarashlari, C. West va D. Zimmermanning “doing gender” modeli hamda E. Showalterning feministik adabiy tanqid tamoyillariga tayaniladi. Badiiy matnda gender identitet qahramonning o‘zini anglashi, ijtimoiy kutilmalarni qabul qilishi yoki ularga qarshilik ko‘rsatishi, shuningdek, nutq va makon belgilarida namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi. “O‘tkan kunlar” va “Kecha va kunduz” romanlaridagi ayrim obrazlar misolida gender o‘zligining milliy-madaniy kontekstda shakllanishi yoritiladi. Natijada adabiyot gender me’yorlarini nafaqat aks ettirishi, balki ularni qayta talqin qilishi ham asoslanadi.
gender identitet, badiiy adabiyot, gender rol, o‘zlik, ayol obrazi, erkaklik, feminizm, performativlik, ijtimoiy me’yor, lirik qahramon, narrativ, o‘zbek adabiyoti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.