Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 31–35-betlar

KORXONALARDA INVESTITSIYA KO‘CHMAS MULKI AUDITINI TASHKIL ETISH MASALALARI

Maxmudov, Jamshed

DOI: 10.5281/zenodo.19752959 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda korxonalarda investitsiya ko‘chmas mulki auditini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Investitsiya ko‘chmas mulkining buxgalteriya hisobida tan olinishi, dastlabki va keyingi baholanishi, adolatli qiymat hamda tannarx modeli asosida hisob yuritish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur obyektlar bo‘yicha auditni rejalashtirish, audit xavflarini baholash, dalillarni to‘plash va auditorlik xulosasini shakllantirish bosqichlari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Tezisda investitsiya ko‘chmas mulki auditida uchraydigan asosiy muammolar, xususan obyektlarni noto‘g‘ri tasniflash, baholashdagi subyektivlik, hujjatlashtirishdagi kamchiliklar va ichki nazorat tizimining yetarli emasligi kabi holatlar yoritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida investitsiya ko‘chmas mulki auditi samaradorligini oshirish korxonalarda moliyaviy hisobotning ishonchliligi, shaffofligi va investitsion jozibadorligini kuchaytirishi asoslab berilgan.

investitsiya ko‘chmas mulki, audit, buxgalteriya hisobi, adolatli qiymat, tannarx modeli, audit dalillari, audit xavfi, ichki nazorat, moliyaviy hisobot, baholash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.