Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 69–71-betlar
PAXTANI XAVODAN AJRATISH JARAYONIDA TENG TAQSIMLOVCHI TEXNOLOGIYA TAHLILI
Xodjiyev, M.T., Eshmurodov, D.D., Toshqulov, I.I.
DOI: 10.5281/zenodo.19851830 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Paxtani havo oqimidan ajratish jarayonida qo‘llaniladigan separatorlar ish samaradorligi, ularning konstruktiv xususiyatlari va mavjud kamchiliklari har tomonlama tahlil qilingan. SS-15A va SX rusumli separatorlarda paxta oqimining vakuum-klapan ishchi uzunligi bo‘yicha notekis taqsimlanishi, buning natijasida chigitning mexanik shikastlanishi, tolaning uzilishi hamda yo‘qotilish holatlari yuzaga kelishi asoslab berilgan. Paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish va texnologik jarayon samaradorligini oshirish maqsadida separator konstruktsiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Jumladan, ajratish kamerasi kirish qismiga o‘rnatilgan maxsus yo‘naltirgich moslama yordamida paxta oqimining tezligini kamaytirish va uni vakuum-klapan bo‘yicha teng taqsimlash imkoniyati yaratilgan. Taklif etilgan echim paxtaning orqa devorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilishini oldini olib, chigit shikastlanishini kamaytiradi hamda tola sifatini saqlashga xizmat qiladi.
Paxta, separator, paxtani havodan ajratish, pnevmotransport, vakuum-klapan, to‘rli yuza, paxta tolasi, chigit shikastlanishi, tola yo‘qotilishi, aerodinamik qarshilik, energiya sarfi, texnologik jarayon, takomillashtirilgan konstruktsiya, yo‘naltirgich moslama.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.