Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 90–94-betlar
OʻZBEK QOʻSHIQLARI MATNLARIDA OSMON JISMLARINING METAFORIK VA RAMZIY QOʻLLANISHI
Jumayeva, Xolbibi
DOI: 10.5281/zenodo.19855076 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola oʻzbek qoʻshiqlari matnlarida osmon jismlari nomlari va ular bilan bogʻliq tasvirlarning metaforik hamda ramziy funksiyalarini tizimli tahlil qiladi. Tadqiqotning maqsadi oy, quyosh, yulduz, osmon, tong va shafaq kabi birliklarning qoʻshiq diskursida qanday semantik yoʻnalishlarda ishlatilishini, ularning baholovchi va emotsional yukini hamda lirik subyekt identifikatsiyasi bilan bogʻlanishini aniqlashdan iborat. Metodologiya sifatida kognitiv metafora nazariyasi, semiotik yondashuv va diskurs tahlili qoʻllanadi, material sifatida 1991–2024 yillarda ommalashgan oʻzbek estrada hamda mualliflik qoʻshiqlaridan tuzilgan korpus asos qilib olinadi. Ilmiy yangilik osmon jismlarining qoʻshiq matnlarida uchraydigan asosiy metaforik xaritalari va ramziy invariantlari tipologiyasini taklif etish, shuningdek, ularning janr ichidagi pragmatik vazifalarini empirik ko‘rsatkichlar bilan asoslashdan iborat.
osmon jismlari, metafora, ramz, qoʻshiq matni, kognitiv semantika, diskurs tahlili, semiotika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.