Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 104–108-betlar

O‘TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” ASARI INGLIZCHA TARJIMASIDA O‘ZBEK MILLIY MENTALITETINING AKS ETISHI

Nazarova, Dildora

DOI: 10.5281/zenodo.19855308 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ilmiy tezisda O‘tkir Hoshimov ning “Dunyoning ishlari” asarining ingliz tiliga tarjimasida o‘zbek milliy mentalitetining aks etish xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda ifodalangan milliy qadriyatlar, ayniqsa ona obrazi, oilaviy munosabatlar, mahalla muhiti, xalqona iboralar va madaniy realiyalar tarjima jarayonida qay darajada saqlanib qolganligi ilmiy manbalar asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy metoddan foydalanilib, original va tarjima matnlaridagi semantik, pragmatik va madaniy birliklar solishtiriladi. Natijada tarjima jarayonida milliy mentalitetni to‘liq aks ettirishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari aniqlanadi.

milliy mentalitet, tarjima, madaniy realiyalar, pragmatika, lingvokulturologiya, ona obrazi, o‘zbek adabiyoti, ingliz tili, ekvivalentlik, interpretatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.