Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 2-jild logy-son (2023) · 25–31-betlar
ODAM SAVDOSI VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH
Davronov, Ma’rufjon
DOI: 10.5281/zenodo.8064527 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolamda yurtimizda ulkan o'zgarishlar ro'y berayotgan, yoshlar jamiyat hayotida tobora faollashib, o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust yoshlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo'layotgani barchamizni tashvishga solmoqda. Zero, og'u inson jismini qanchalik xarob qilsa, xuddi shunday jamiyatga ham mislsiz darajada zarar etkazadi. Asr vabosi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarni buzadi, bolalarni yetim qiladi, muhtojlik, qashshoqlikda yashashga majbur etadi. Bularning oqibati shubhasis ayanchli yakun topishi va odam savdosiga qarshi kurashda davlatimiz tamonidan qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida. Achinarlisi, ushbu illatni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlari olib borilishiga qaramay, millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Mazkur jinoyatning rivojlanishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri fuqarolarning xorijga borish va mehnat qilishning tartib-qoidalari xususida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi hamda firibgarlar tuzog‘iga ilinib qolishidadir.
Giyohvandlik, Odam savdosi, Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar,narko jinoyat, Odam savdosidan jabrlangan shaxs, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikasiya qilish, Voyaga yetmagan shaxs savdosi, Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, Global harakat dasturi, Geroin giyohvandligi, BMTning Bosh Assambleyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.