Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 3-jild logy-son (2024) · 47–49-betlar

TIBBIYOT YO‘NALISHI TALABALARINI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA QO‘LLANILADIGAN MASOFAVIY TA’LIM MODELLARI TAHLILI

Ergashev, Anvar

DOI: 10.70413/zdift-v03-i12-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada tibbiyot yo‘nalishi talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan masofaviy ta’lim modellari tahlil qilingan. Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z ichiga oladigan innovatsion modellar orqali tibbiyot talabalarining axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Asinxron, sinxron va gibrid ta’lim modellari turli shakllarda joriy etilgan bo‘lib, ularning har biri talabalarga o‘qishning turli usullarini taklif qiladi. Virtual simulyatsiya va interaktiv platformalar orqali talabalarning ma’naviy rivojlanishi va axloqiy qarorlar qabul qilish qobiliyatlari oshiriladi. Tajriba-sinov ishlari va xorijiy tajribalar asosida, masofaviy ta’lim modellarining tibbiyot sohasidagi ahamiyati va samaradorligi xulosa qilinadi. Ushbu maqola tibbiyot yo‘nalishi talabalarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini oshirishda yangi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan.

tibbiy ta’lim, masofaviy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya, asinxron ta’lim, sinxron ta’lim, gibrid modellar, virtual simulyatsiyalar, interaktiv platformalar, pedagogik texnologiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.