Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 3-jild logy-son (2024) · 127–131-betlar
KONSTITUTSIYA ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI
Mardiyeva, Dildora
Annotatsiya
Mazkur maqolada Konstitutsiyaning inson erkinligi va farovon hayotga asos bo‘luvchi asosiy qonun sifatidagi o‘rni va ahamiyati keng tahlil qilinadi. Konstitutsiya jamiyatning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi. Unda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinishi, qonun ustuvorligining ta’minlanishi va inson manfaatlari ustuvorligi ta'kidlanadi. Shuningdek, Konstitutsiya asosida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning demokratik rivojlanishi, ijtimoiy barqarorligi va iqtisodiy farovonligiga hissa qo‘shishi yoritilgan. Maqolada erkin va farovon hayotning huquqiy kafolati sifatida Konstitutsiyaning dolzarbligi va uning mustahkam davlat asoslarini yaratishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Konstitutsiya, erkinlik, farovonlik, huquqiy kafolat, qonun ustuvorligi, demokratik islohotlar, fuqarolar huquqi, ijtimoiy barqarorlik, davlat va jamiyat munosabatlari, huquqiy tizim, mamlakat rivoji.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.