Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 3-jild logy-son (2024) · 80–82-betlar

MODALLIKNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING FALSAFIY, MANTIQIY, TILSHUNOSLIK NUQTAYI NAZARIDAN TAHLILI

Turakulova, Dilafruz

DOI: 10.5281/zenodo.14464638 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola modallik tushunchasining nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada modallikning falsafiy, mantiqiy va lingvistik kategoriyalar sifatida rivojlanishi, uning tarixiy asoslari va zamonaviy yondashuvlari muhokama qilinadi. Modallikning epistemik, deontik va dinamik turlari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinib, ularning subyektiv va obyektiv xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Xususan, epistemik modallikning bilim, e’tiqod va taxminlarga asoslangan fikrlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, ijtimoiy va madaniy omillar ta’siri o‘rganiladi. Maqolada Aristotel va I.Kantning modallikka oid nazariyalari, shuningdek, zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning, jumladan, Palmer, Lyons va Hallidey tomonidan ilgari surilgan qarashlar tahlil qilinadi.

Modallik, Epistemik modallik, deontik modallik, falsafiy modallik mantiqiy modallik, subyektiv va obyektiv modallik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.