Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 3-jild logy-son (2024) · 125–131-betlar
SURUNKALI OBSTRUKTIV O’PKA KASALLIGI- YURAK QON-TOMIR TIZIMI KASALLIKLARINING KLINIK KECHISHIGA TA’SIRI
Elmurodova, Zarina, Norboyeva, Durdona, Abdiraimova, Mehrinsa, Musayev, Hamid
DOI: 10.70413/zdift-v03-i04-p1-032 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O’SOK) - mustaqil nozologik shakl bo’lib, bu o'pkada patologik yallig'lanish jarayoni bilan bog'liq havo oqimi tezligini cheklash bilan tavsiflanadi. Bu kasallik dunyodagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib,uning tarqalishi turli mamalakatlarda 6%dan 26%gacha ko’rsatkichni tashkil etadi.O’SOK qaytarilmas bu ortga qaytmas jarayon bo’lib doimiy ravishda rivojlanib boradi va yurak-qon tomir tizimidan og'ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Hozirgi vaqtda O’SOK xavf omillarini o'rganishga alohida e'tibor berilmoqda, ular orasida shaharlar havosining ifloslanishi, sanoat changlari miqdorining ortishi, yoshi, tamaki chekish, nafas yo'llarining yuqumli kasalliklari, ularning tez-tez avj olayotgani, obstruktiv o'pka kasalligi holatini yanada og’irlashtirmoqda . Klinik amaliyotda yondosh kasalliklarni aniqlash uchun standardlar mavjud emas, davolovchi shifokorlar har doim ham yurak-qon tomir patologiyasini kech aniqlashga olib keladigan,natijada asoratlar va o’lim holatlarini oshiradigan,birga keladigan patologiyani qidirishga qaratilgan emas.
O’SOK, yurak ishemik kasalligi, aritmiya, metabolik sindrom, arterial gipertenziya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.