Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 3-jild logy-son (2024) · 7–12-betlar
EKSPLUATATSIYADAGI AVTOYO‘L KO‘PRIK INSHOOTLARI ORALIQ QURILMALARNING YUK KO‘TARISH QOBILIYATINI MIDAS CIVIL DT YORDAMIDA BAHOLASH
Zokirov, Faxriddin, Normurodov, Hasanjon
DOI: 10.70413/zdift-v03-i06-p1-002 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ekspluatatsiya qilinayotgan avtoyo‘l temirbeton ko‘prik oraliq qurilmalarining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishning takomillashtirilgan usulini (birgalikda ishlaydigan “bosh to ‘sin – beton qatlami” konstruksiyasi) ishlash samaradorligini Midas Civil dasturiy ta’minoti yordamida baholash masalalari keltirilgan. Shuningdek, oraliq qurilmaning yuk ko‘tarish qobiliyati oshirilganidan so‘ng hosil bo‘lgan eguvchi moment qiymatlari aniqlangan. Aniqlangan qiymatlar oraliq qurilmaning kuchaytirilishidan oldingi doimiy va vaqtinchalik yuklardan hosil bo‘lgan eguvchi moment qiymatlari bilan taqqoslangan.
Namuna modellari, qo‘shimcha beton qatlami, vaqtinchalik yuklar (A11, A14, NK80 va NK100), mustahkamlik, chidamlilik, chegaraviy shartlar, Euro codlar, simulyatsion tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.