Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 3-jild logy-son (2024) · 130–132-betlar

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FANIDA TRANSFORMATSIYALASH ASOSIDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIKNI TA’MINLASHNING METODIK ASOSLARI

Qunnazarov, Ongarbay

DOI: 10.70413/zdift-v03-i07-p1-032 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanida uzluksizlik va uzviylikni ta’minlashning metodik asoslari ko’rib chiqilgan. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim jarayonlarini transformatsiyalash orqali ta’lim sifatini oshirish masalalari tahlil qilingan. Ta’lim dasturlarini yangilash, interaktiv ta’lim usullarini joriy etish, axborot-resurslar bazasini boyitish, bosqichma-bosqich o’qitish, o’qituvchilar malakasini oshirish, masofaviy ta’lim va onlayn platformalar yordamida uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash yo’llari batafsil bayon etilgan. Maqola informatika va axborot texnologiyalari sohasida ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish va kelajakda bu yo’nalishda rivojlanish istiqbollarini o’z ichiga oladi. Informatika va axborot texnologiyalari (IT) fanida ta’lim jarayonlarini uzluksiz va uzviy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonlar zamonaviy talablar va innovatsion texnologiyalarga mos ravishda o’zgartirilishi va rivojlantirilishi kerak. Ushbu maqolada, IT fanida transformatsiyalash asosida uzluksizlik va uzviylikni ta’minlashning metodik asoslari ko’rib chiqiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.