Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 86–92-betlar
JANUBIY KOREYANING II-V RESPUBLIKA DAVRIDAGI AVTORITARIZMDAN DEMOKRATIYAGA O‘TISH URINISHLARI (1960–1987-YILLAR)
Salimov, Shoxrux
DOI: 10.70413/zdift-v04-i10-p1-022 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola Janubiy Koreyaning II–V Respublika davridagi (1960–1987 yillar) siyosiy tizimlar transformatsiyasini, xususan avtoritarizm va demokratiya o‘rtasidagi murakkab o‘tish jarayonlarini tahlil qiladi. Maqolada Ikkinchi Respublikaning parlamentar demokratiya sari qilgan urinishlari, bu urinishlarning harbiy to‘ntarish bilan yakunlangan sabablari, shuningdek, Pak Chon Xi boshchiligidagi avtoritar rejimning shakllanishi va evolyutsiyasi yoritiladi. “Koreyaning iqtisodiy mo‘’jizasi” fonida yuzaga kelgan siyosiy repressiyalar, “Yusin” konstitutsiyasi orqali prezidentlik vakolatlarining mutlaq kuchaytirilishi, demokratik institutlarning zaiflashuvi va fuqarolik jamiyatining bosim ostida qolgan holati batafsil ko‘rib chiqiladi. Muallif siyosiy-modernizatsion yondashuv asosida demokratik institutlar va ijtimoiy barqarorlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, Janubiy Koreya tajribasi orqali o‘tish davrlarida yuzaga keladigan muammolarni yoritadi.
Janubiy Koreya, Ikkinchi Respublika, avtoritarizm, demokratiya, siyosiy o‘tish, Pak Chon Xi, Yusin konstitutsiyasi, siyosiy-modernizatsiya, parlament tizimi, harbiy to‘ntarish, koreyscha demokratiya, siyosiy institutsiyalar, legitimlik inqirozi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.