Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 118–123-betlar

NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

G‘uzorova, Mehrinso, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/zdift-v04-i10-p1-028 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ta’lim jarayonida nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari o‘quvchilarning bilimini samarali o‘lchash va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. An’anaviy baholash usullari bilan bir qatorda, raqamli texnologiyalar asosida interaktiv testlar, loyiha asosida baholash, sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan tizimlar va o‘zaro baholash metodlari qo‘llanilmoqda. Xususan, Kahoot!, Quizizz, Google Forms kabi platformalar o‘yin elementlari orqali bilim tekshirish imkonini beradi. Shuningdek, Replit, GitHub, CodeGrade kabi dasturlash muhitlari o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini sinashda muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy intellekt asosida baholash tizimlari esa natijalarni avtomatik tekshirish va takomillashtirishga yordam beradi. O‘zaro va o‘zini baholash metodlari esa o‘quvchilarga tahliliy fikrlash va mustaqil baho berish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada informatika darslarida zamonaviy nazorat va baholash tizimlarining afzalliklari, ularni qo‘llash metodlari hamda o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi.

Nazorat qilish, baholash usullari, interaktiv testlar, loyiha asosida baholash, sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan tizimlar, o‘zaro baholash, o‘zini baholash, raqamli baholash, informatika darslari

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.