Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 124–127-betlar
ZAMONAVIY OʻQITISH SHAKLLARI VA USLUBLARI
Elmurodov, Nodir, Yaxiyaxonova, Muxiba
DOI: 10.70413/zdift-v04-i10-p1-029 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘qitish shakllari va uslublari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning ta’limdagi faolligini oshirish uchun qo‘llaniladigan metodlar, interfaol ta’lim yondashuvlari va innovatsion pedagogik texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ta’limda texnologiyalarning joriy etilishi, yangi metodlarning samaradorligi va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi roli tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy o‘qitish shakllarining ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni hayotiy ko‘nikmalarga ega qilish va o‘quv jarayonini yanada interfaol va motivatsion qilishdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalar o‘quvchilarning bilim darajasi va mustaqil ishlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.
Zamonaviy o‘qitish, pedagogik usullar, interfaol ta’lim, innovatsion texnologiyalar, ta’lim metodlari, o‘qitish shakllari, mustaqil o‘rganish, o‘quvchilar faolligi, ta’lim tizimi, ta’limda texnologiyalar, kompetensiyalarni rivojlantirish, o‘qitish metodologiyasi, pedagogik yondashuvlar, o‘quv jarayoni, ta’lim sifatini oshirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.