Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 128–131-betlar
O‘QITISHNING DASTURIY TAMINOTIGA OID MATERIALLAR BILAN ISHLASH
Cho‘liyev, Xurshid, Yaxiyaxonova, Muxiba
DOI: 10.70413/zdift-v04-i10-p1-030 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘qitishning dasturiy ta’minotiga oid materiallar zamonaviy ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot turlari, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Dasturiy ta’minotning interfaolligi, vizualligi va moslashuvchanligi o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirib, ularning mustaqil ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, maqolada turli platformalar, masalan, Kahoot!, Quizizz, Moodle, Google Classroom va boshqa vositalardan foydalanish metodikasi muhokama qilinadi. Ta’lim dasturlarining rivojlanishi natijasida zamonaviy o‘quv metodikalarida ularning qo‘llanilishi dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘qitishning dasturiy ta’minoti ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning faolligini ta’minlash uchun samarali vosita hisoblanadi.
O‘qitish, dasturiy ta’minot, interfaol ta’lim, e-learning, onlayn ta’lim, test tizimlari, platformalar, metodika, informatika, innovatsion pedagogika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.