Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 132–136-betlar

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH

Nafasova, Shahrizoda, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/zdift-v04-i10-p1-031 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Raqamli ta’lim tizimi, global ta’limning zamonaviy talablari asosida, informatika fanini o‘qitishni yangicha yondashuvlar bilan rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada informatika fanini o‘qitishda mavjud bo‘lgan me’yoriy hujjatlar, shu jumladan, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar va xalqaro tajribalarga asoslanib, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari informatika fanining samarali o‘qitilishining asosini tashkil etadi, bu esa o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni informatika faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Xalqaro tajribalar, masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Finlyandiya kabi davlatlarning ta’lim tizimlaridagi informatika o‘qitishning me’yoriy hujjatlari, O‘zbekistonda informatika fanini o‘qitish jarayonini yanada rivojlantirish uchun muhim yo‘nalishlar hisoblanadi. Maqolada shuningdek, raqamli ta’lim platformalari va masofaviy o‘qitishning ahamiyati, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi roli ham yoritiladi. Raqamli ta’lim tizimida informatika fanini o‘qitishning me’yoriy hujjatlari ta’lim tizimining sifatini oshirish va o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatishda muhim vosita hisoblanadi.

Informatika fanini o‘qitish, me’yoriy hujjatlar, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar, xalqaro tajriba, elektron ta’lim resurslari, masofaviy o‘qitish, raqamli savodxonlik, o‘quvchilarning bilim ko‘nikmalari, informatika ta’limi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.