Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 149–153-betlar

INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI

Normatova, Aziza, Yaxiyaxonova, Muxiba

Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada informatika o‘qitish metodikasi tarixi batafsil yoritilib, uning rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Dastlabki davrlarda informatika asosan ilmiy markazlar va muhandislik sohalarida o‘qitilgan bo‘lsa, keyinchalik ta’lim tizimiga kiritildi. AQSH, Rossiya va Germaniyada informatika ta’limining shakllanishi, dasturlash tillari va kompyuter texnologiyalarining ta’limga ta’siri muhokama qilingan. O‘zbekistonda informatika fani 1980-yillarda ta’lim tizimiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitilmoqda. Maqolada informatika o‘qitish metodikasining ahamiyati, interaktiv ta’lim texnologiyalari va ularning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, informatika ta’limi bo‘yicha olib borilgan islohotlar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Xulosa sifatida informatika o‘qitish metodikasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Ushbu maqola informatika fanini o‘qitish metodikasi bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Informatika va uni o‘qitish metodikasi, ta’lim, dasturlash, axborot texnologiyalari, innovatsion pedagogika, raqamli ta’lim, oliy ta’lim, interaktiv metodlar, kompyuter texnologiyalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.