Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 154–159-betlar
ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILINI O‘TKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR
Nazarova, Farangiz, Yaxiyaxonova, Muxiba
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy dars va dars tahlilini o‘tkazishga nisbatan yondashuvlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars usullari o‘quvchilarning faolligi va mustaqil fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantirmaydi. Shu sababli, "Jigsaw", "Aqliy hujum", "Klaster" kabi interfaol usullarning tatbiqi dars jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada, shuningdek, dars tahlilini samarali tashkil etishning ahamiyati va zamonaviy baholash tizimlari, jumladan, refleksiya, kuzatuv hamda raqamli texnologiyalar asosida tahlil qilish usullari yoritiladi. Ushbu maqola pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari va innovatsion ta’lim metodlariga qiziquvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lib, zamonaviy dars tamoyillari, samarali ta’lim strategiyalari va dars tahlilining ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Zamonaviy dars, dars tahlili, interfaol metodlar, innovatsion ta’lim, pedagogik yondashuvlar, Jigsaw usuli, aqliy hujum, klaster metodi, ta’lim samaradorligi, raqamli texnologiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.