Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 170–175-betlar
ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BO’LIMINI O’QITISH METODIKASI
Rajabova, Moxinur, Yaxiyaxonova, Muxiba
Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy kompyuterlar bo‘limini o‘qitish metodikasining samaradorligini tahlil qiladi. Maqolada an’anaviy va innovatsion o‘qitish metodlarining o‘zaro ta’siri, kompyuter fanlarini o‘rgatishda yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularni yechish uchun takliflar ko‘rib chiqilgan. Asosiy e’tibor zamonaviy metodlar, masalan, loyiha asosida o‘qitish, muammoli yondashuv, flipped learning, STEAM yondashuvi va raqamli platformalarning dars jarayonida qo‘llanilishiga qaratilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuvni rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada shuningdek, o‘quvchilarning texnologik tayyorgarligini zamonaviy talablar asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot, kompyuter fanlarini o‘qitishda metodik yondashuvlarni yangilash, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda o‘qituvchilarning professionallik darajasini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
kompyuter fanlari, o‘qitish metodikasi, innovatsion metodlar, loyiha asosida o‘qitish, muammoli o‘qitish, flipped learning, STEAM yondashuvi, raqamli texnologiyalar, ta’lim tizimi, o‘quvchilarning kompetensiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.