Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 176–181-betlar

KOMPYUTER BILAN TANISHUV BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Qurbonova, Munisa, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/zdift-v04-i10-p1-039 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada kompyuter texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi ahamiyati va uning samarali o'rgatish metodikasi tahlil qilinadi. Ushbu bo’limda kompyuterning asosiy funksiyalari, uning tarkibi va ishlash prinsiplari to’g’risida nazariy bilimlar beriladi. O’quvchilarni kompyuter bilan tanishtirishda eng muhim jihatlardan biri – dasturlash, operatsion tizimlar va turli dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni o’rgatishdir. Metodikada o’qitishning interaktiv usullariga, masalan, amaliy mashg’ulotlar, ko'rgazmali materiallar, mashqlar va laboratoriya ishlariga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ta'limning o’ziga xosligi, o’quvchilarning kompyuter bilimlarini oshirishda innovatsion texnologiyalarning roli va pedagogik metodlarni takomillashtirish masalalari ko'rib chiqiladi. Kompyuter bilan tanishuv bo’limini samarali o’qitish, o’quvchilarga nafaqat texnik bilimlar balki zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari sohasida kerakli ko’nikmalarni rivojlantirish imkonini yaratadi. Maqolada metodik yondashuvlarning muhim jihatlari hamda amaliy tavsiyalar berilgan.

An’anaviy metodlar, amaliy (praktik) metodlar, interaktiv metodlar, konstruktivistik metod, masofaviy o‘qitish metodlari, ko‘p vositalardan foydalanish,

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.