Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 37–41-betlar

O‘QUV-METODIK TA’MINOTGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH

Bozorova, Sevinch, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/zdift-v04-i11-p1-007 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘quv-metodik ta’minot ta’lim jarayonining uzviy qismi bo‘lib, uning sifat va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur maqolada o‘quv-metodik materiallarning tarkibi, ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni va samaradorlikka ta’siri keng tahlil qilinadi. An’anaviy va zamonaviy o‘quv-metodik resurslarning o‘zaro integratsiyasi, ularni ishlab chiqish tamoyillari va ulardan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, elektron darsliklar, interfaol ta’lim platformalari, multimediya vositalari va raqamli resurslarning ahamiyati o‘rganilib, ularning ta’lim sifati va talabalarning bilimini oshirishga ta’siri tahlil qilinadi. O‘quv-metodik materiallarning raqamlashtirilishi va innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unligi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada, shuningdek, o‘quv-metodik ta’minotdan samarali foydalanishning strategiyalari va ta’lim jarayonida metodik materiallarning moslashuvchanligi muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini takomillashtirish va o‘quv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishga qaratilgan.

O‘quv-metodik ta’minot, ta’lim resurslari, metodik qo‘llanma, elektron darslik, interfaol ta’lim, raqamli ta’lim platformalari, pedagogik innovatsiyalar, didaktik materiallar, ta’lim samaradorligi, o‘quv jarayoni.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.