Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 55–57-betlar
QURITISH TEXNOLOGIYASI UZUM NAVLARI MISOLIDA
Xasanova, Xolida, Madraimova, Diyora, Adhamov, Saidvalixon
DOI: 10.5281/zenodo.15410886 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Kishmish uzum navi urug'siz bo'lib, shirin ta'mi va yupqa po'stlog'i bilan ajralib turadi. Uni quritish orqali yuqori sifatli mag'iz (mayiz) olish mumkin. Ushbu maqolada Kishmish uzumini quritishning turli usullari, jumladan, oftobi (quyoshda), objo'sh (qaynoq suvda ishlov berish) va soyaki (soyada) usullari batafsil yoritiladi. Har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqilib, eng samarali usullar tahlil qilinadi. Kishmish uzum navlari o‘zining yuqori shakar (qand) miqdori bilan ajralib turadi, bu ko‘rsatkich odatda 23–25% atrofida bo‘ladi. Bunday yuqori shakar miqdori ushbu navlarni quritish uchun juda qulay qiladi, chunki u quritilgan mahsulotning sifati, taʼmi va uzoq muddat saqlanishini taʼminlaydi. Shakar miqdori yuqori bo‘lgan uzum quritganda kamroq chiriydi, tezroq quriydi va foydali xususiyatlarini uzoq saqlab qoladi.
Kishmish, navlar, oq kishmish, qora kishmish, pushti kishmish, oftobi, objo’sh, soyaki, quritish, magiz.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.