Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 81–83-betlar

AVTOMOBIL YO‘LLARINI RIVOJLANTIRISH MAQSADLI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Suvanqulov, Shohzod

DOI: 10.70413/zdift-v04-i11-p1-018 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi faoliyatining hozirgi holati, muammolari va takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar asosida jamg‘armaning moliyaviy salohiyati, mavjud infratuzilmaning texnik holati va boshqaruv mexanizmlariga baho berilgan. Raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklik, resurslarni adolatli taqsimlash va korrupsiyaning oldini olish kabi samarali choralar orqali jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot avtomobil yo‘llarining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishni maqsad qiladi.

avtomobil yo‘llari, rivojlantirish jamg‘armasi, infratuzilma, moliyalashtirish, davlat-xususiy sheriklik, raqamlashtirish, monitoring, transport siyosati, yo‘l qurilishi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.