Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 4–6-betlar
AYOLLAR TUXUMDON O’SMALARINING ULTRATOVUSH YORDAMIDA TEKSHIRISH (XORAZM MISOLIDA)
Matyazova, F.R., Qutlimuradova, Z.Z.
DOI: 10.70413/zdift-v04-i12-p1-001 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ultrasonografiya (UZI) – bu tuxumdon shishiga shubha qilingan bemorlarga hamda odatiy ko‘rikda o‘tkaziladigan birinchi vizualizatsiya tadqiqotidir. Bu oson mavjud bo‘lgan va ishonchli usul bo‘lib, yuqori aniqlikka ega va yangi o‘smaning joylashuvi, o‘lchamlari va tabiatini aniqlashga imkon beradi. Biroq, ultratovush belgilarining aniqligiga qaramay, tuxumdonning yaxshi va yomon xosilali o‘smalarini farqlash uchun yagona integratsiyalashgan ultratovush kriteriyasini topish 115 amalda muhimdir. Yuqorida aytib o‘tilganlarga aloqador ravishda, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, tuxumdon saratonini skriningini tashkil qilish va diqqat bilan kuzatish onkologiyaning muhim vazifalaridan biridir. Yarim-sonli tahlil qilish asosida, Sassone shkala bo‘yicha vizualizatsiya qilingan belgilarni balli baholash yordamida o‘tkazilgan seroshkala ehografiyasining ma'lumotlari, tuxumdonning yaxshi va yomon xosilali o‘smalarini farqlashda usulning yuqori prognoz qobiliyatini ko‘rsatdi. ROC tahliliga ko‘ra, umumiy ballar yig‘indisi sonografik belgilari qiymatlarining egri chizig‘i ostidagi maydon (AUROC) 0.905 ni tashkil etdi, sezgirlik 92% va maxsuslik 84% bo‘ldi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.