Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 15–18-betlar

HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI: GIS TAHLILI ASOSIDA YONDASHUV

Abduraxmanova, Xilola

DOI: 10.70413/zdift-v04-i12-p1-004 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qiladi. Yashil iqtisodiyot tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion model sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va turizm sohalariga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotni hududiy rivojlanishda joriy etishning strategik yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar, yashil investitsiyalar va ekologik ta’limning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyot hududiy iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib, ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, qayta tiklanadigan energiya, uglerod emissiyasi, bioxilma-xillik, hududiy rivojlanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.