Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 79–81-betlar
TEMURIYLAR RENESSANSI DAVRIDA: TASVIRIY SAN’ATNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Hamdamov, Islom
DOI: 10.70413/zdift-v04-i12-p1-023 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘rta asrlar Markaziy Osiyoda Amir Temur va uning avlodlari tomonidan barpo etilgan davlat nafaqat qudratli bir siyosiy markaz, balki yuksak madaniyat va san’at o‘chog‘iga aylandi. Bu davrda ilm-fan, bunyodkorlik, tasviriy va amaliy san’at kabi sohalarda jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shilgani ayni haqiqatdir. Xususan, tasviriy san’at Temuriylar davri madaniyatida muhim o‘rin egallab, uning rivoji faqat estetik mezonlar bilan emas, balki siyosiy, ma’naviy va dunyoqarash mezonlari bilan ham chambarchas bog‘liq edi. Musavvirlik, miniatyura, zargarlik, ganchkorlik va boshqa san’at turlarining yuqori saviyada rivoj topishi nafaqat hukmdorlarning san’atga bo‘lgan ehtiromi, balki jamiyatda yangicha fikrlash uslubining shakllanishi bilan ham bog‘liqdir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.