Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 98–102-betlar
YASHIL IQTISODIYOT VA YASHIL ENERGETIKANING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Shirinova, Shahnoza, Fayzullayeva, Xalima, Amonova, Sevinch
DOI: 10.70413/zdift-v04-i12-p1-028 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezisda yashil iqtisodiyot va yashil energetikaning zamonaviy dunyodagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Bugungi global iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar va tabiiy resurslarning tugab borayotgani insoniyatni barqaror rivojlanish yo‘llarini izlashga majbur qilmoqda. Shu nuqtai nazardan yashil iqtisodiyot konsepsiyasi ekologik toza, resurslarni tejovchi va ijtimoiy jihatdan adolatli iqtisodiy tizim sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yashil energetika esa bu yo‘nalishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslanadi. Tezisda quyosh, shamol, geotermal va boshqa ekologik toza energiya manbalarining jahon va O‘zbekiston misolida qo‘llanilishi, ularning iqtisodiy va ekologik foydalari tahlil qilingan. Muallif yashil iqtisodiyot va energetikaning kelajak avlodlar uchun barqaror muhit yaratishdagi o‘rniga e’tibor qaratgan holda, amaliy tavsiyalar ham ilgari suradi.
yashil iqtisodiyot, yashil energetika, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik barqarorlik, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit muhofazasi, quyosh energiyasi, shamol energiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.