Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 28–30-betlar

TURKIY ADABIYOTDA XAMSANAVISLIK AN’ANALARI VA NAVOIYNING O‘RNI

Olimova, Ruxshona

DOI: 10.70413/zdift-v04-i13-p1-007 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan xamsa besh dostonli epik majmua tahlil qilinadi va u boshqa mashhur xamsanavis shoirlar, xususan Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy ijodi bilan qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Maqolada xamsanavislik an’anasining tarixiy ildizlari, Navoiy xamsasining tematik va uslubiy xususiyatlari, milliy ruh, axloqiy g‘oyalar va turkiy tilning adabiy mavqei yoritilgan. Shuningdek, Navoiy va boshqa xamsanavislar ijodidagi “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Iskandar” kabi dostonlar misolida syujet, obrazlar tizimi, didaktik yo‘nalish va badiiy san’atlar tahlil qilinadi. Maqola adabiy solishtirma yondashuv asosida yozilgan va turkiy adabiyotda xamsanavislikning taraqqiyoti va Navoiyning bu boradagi betakror o‘rni namoyon etilgan.

Navoiy xamsasi, xamsanavislik, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, turkiy adabiyot, epik doston, Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Saddi Iskandariy, badiiy tahlil, qiyosiy adabiyotshunoslik, didaktik poeziya, milliylik, Sharq adabiyoti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.