Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 52–57-betlar

HUQUQIY TARG'IBOT SHAKLLARINING O'ZBEKISTON VA FRANSIYA MISOLIDA QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Аbdumаjidоvа, Zаmirа

DOI: 10.70413/zdift-v04-i13-p1-014 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezis huquqiy targ'ibot shakllarining O'zbekiston va Fransiya misolida qiyosiy huquqiy tahlilini taqdim etadi. Tadqiqot ikki mamlakatdagi huquqiy targ'ibotning qonuniy asoslari, institutsional tuzilmalari va amaliy shakllarini o'rganadi. Tahlil natijalariga ko'ra, Fransiyada huquqiy targ'ibot tizimi nodavlat sektori va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan keng qo'llab-quvvatlanishi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki bilan ajralib turishi aniqlandi. O'zbekiston tajribasida esa huquqiy targ'ibot ko'proq markazlashtirilgan davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish jarayoni davom etayotgani ko'rsatilgan. Tadqiqot asosida O'zbekistonda huquqiy targ'ibot tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

huquqiy targ'ibot, qiyosiy huquqshunoslik, O'zbekiston, Fransiya, huquqiy madaniyat, huquqiy axborot, huquqiy ta'lim, fuqarolik jamiyati, huquqiy savodxonlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.