Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 12–14-betlar

EMOJI: TARIXIY RIVOJLANISHI VA RAQAMLI MULOQOTDAGI AHAMIYATI

Mavlanova, Nargiza, Yo’ldosheva, N.E.

DOI: 10.5281/zenodo.15602376 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada emoji belgilarining tarixiy rivojlanish bosqichlari va ularning zamonaviy raqamli muloqot tizimidagi funksional ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda emojilarning dastlab emotikonlardan evolyutsiyalashgani, ularning Yaponiyada shakllangan ilk namunalaridan boshlab, global miqyosda keng tarqalishi jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, emoji belgilarining kommunikatsiyani semantik va pragmatik jihatdan boyitishdagi o‘rni, ularning ijtimoiy hamda psixologik ta’sir mexanizmlari tizimli ravishda ko‘rib chiqiladi. Maqolada emojilarning turli madaniy va texnologik kontekstlarda o‘zgaruvchanligi, shuningdek, ularning noto‘g‘ri talqin qilinish xavflari ham tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, emoji belgilarining raqamli kommunikatsiyadagi ahamiyati va istiqbolda ularni chuqurroq o‘rganish zarurati ilmiy asosda asoslab beriladi.

emoji, emotikon, raqamli muloqot, nonverbal kommunikatsiya, unicode, hissiy ifoda, madaniy tafovut, internet kommunikatsiyasi, raqamli til, muloqot texnologiyalari

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.