Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 16–18-betlar

BİOLOGİYA FANİNİ O'QİTİSHDA O'QUVCHİLARNİ BİLİSH FAOLİYATİNİ FAOLLASHTİRİSH USULLARİ

Abdunazarova, Zulayxo, Yuldosheva, Lobar

DOI: 10.5281/zenodo.15621663 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan samarali usullar, pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning faolligini oshirishga, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlar, xususan, biologiya fani bu borada keng imkoniyatlarga ega. Biologiya – hayotiy muhim fan bo‘lib, uni o‘qitishda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur. O‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qilish, mustaqil fikrlash va muammoli vazifalarni hal qilishga o‘rgatish orqali bilim sifatini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi.

Biologiya ta’limi, bilish faoliyati, faollashtirish usullari, interaktiv metodlar, muammoli o‘qitish, motivatsiya, tanqidiy fikrlash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.