Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 163–165-betlar

XALQ PEDAGOGIKASIDA MILLIY HARAKATLI O'YINLARNING ROLI VA ULARNING YOSH XUSUSIYATLARIGA MOSLIGI

Xakimova, Gulchexra, Ustamova, Nodira, Normatova, Dilobar

DOI: 10.5281/zenodo.15655766 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada xalq pedagogikasida harakatli o‘yinlarning o‘rni va ularning yosh xususiyatlariga mosligi masalasi yoritilgan. Xalq o‘yinlari asrlar davomida bolalarni tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib kelgan. Ular nafaqat bolalarning jismoniy rivojlanishiga, balki aqliy, axloqiy va estetik kamolotiga ham xizmat qiladi. Harakatli o‘yinlar bolalarning yoshiga qarab tanlab olinishi zarurligi ta’kidlanadi, chunki har bir yosh bosqichi bolaning jismoniy va psixologik imkoniyatlariga mos yondashuvni talab etadi. Ishda an’anaviy o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati, ular orqali uzatiladigan milliy qadriyatlar, jamoada ishlash, diqqatni jamlash, chaqqonlik va boshqa ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, harakatli o‘yinlarni zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiyalash zarurati asoslab berilgan. Mazkur mavzu xalq pedagogikasini chuqur o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega.

Xalq pedagogikasi, harakatli o’yinlar, tarbiyaviy ahamiyat, yosh xususiyatlari, milliy qadriyatlar, an’anaviy o’yinlar, o’quv- tarbiyaviy jarayon.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.