Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 8–13-betlar

KOREYA MAMLAKATSHUNOSLIGIGA OID O'QUV MATERIALLARINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI ASOSIDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH

Erkinov, Ahrorbek

DOI: 10.5281/zenodo.15658002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada koreys tili o'qitish jarayonida talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlantirish uchun Koreya mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarini ishlab chiqish texnologiyasi tadqiq etilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida chet tili o'qitish faqat lingvistik ko'nikmalarni emas, balki o'rganilayotgan mamlakat madaniyati, tarixi, urf-odatlari va qadriyatlarini o'zlashtirish orqali ijtimoiy-madaniy kompetensiyani shakllantirish jarayonini ham qamrab olishi kerak. Tadqiqot jarayonida Koreya mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarini ishlab chiqish tamoyillari, metodlari va bosqichlari o'rganilgan hamda ularning talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Natijalar koreys mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarining talabalarda nafaqat til ko'nikmalarini, balki koreys madaniyati, milliy qadriyatlari va dunyoqarashini tushunish qobiliyatini ham rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatishini isbotlaydi.

ijtimoiy-madaniy kompetensiya, koreys tili o'qitish metodikasi, Koreya mamlakatshunosligi, o'quv materiallari, texnologiya, madaniyatlararo muloqot, til o'qitish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.