Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 35–40-betlar

SHAXSNING DAXLSIZLIK HUQUQI VA SHAXSIY MAʼLUMOTLAR TIZIMIDA UNUTILISH HUQUQINING OʻRNI

Mansurova, Nilufar

DOI: 10.5281/zenodo.15671638 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tezisda raqamlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning huquqiy asoslari oʻrganilgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Yevropa Ittifoqining Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR) tahlil qilinib, ularning oʻxshash va farqli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Tezisda, sunʼiy intellekt texnologiyalari va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik masalalari ham muhokama etilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish sohasida muhim qadamlar qoʻygan boʻlsa-da, qonunchilikni yanada takomillashtirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va xalqaro tajribani oʻrganish orqali milliy tizimni rivojlantirish zarur.

Shaxsga doir maʼlumotlar, maʼlumotlarni himoya qilish, Oʻzbekiston qonunchiligi, GDPR, huquqiy asoslar, maʼlumotlar xavfsizligi, sunʼiy intellekt, shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun, maʼlumotlarni qayta ishlash, transchegaraviy maʼlumotlar uzatish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.