Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 140–143-betlar
JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIDAN QAYTGAN MAHKUMLAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VA ULARNING ASOSIY PSIXOLOGIK MUAMMOLARI
Matniyazova, Nazokat
DOI: 10.5281/zenodo.15697219 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan fuqarolar bilan olib boriladigan psixologik ishlar mazmun-mohiyati yoritilgan. Asosan, sobiq mahkumlarning jamiyatga qayta moslashuvi, ular duch keladigan asosiy psixologik muammolar — ruhiy tushkunlik, ijtimoiy chetlanish, o‘ziga ishonchsizlik, ish topishdagi muammolar va oila bilan munosabatlardagi murakkabliklar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, bunday shaxslar bilan individual va guruh shaklidagi psixologik ishlar, maslahatlar, treninglar, reabilitatsiya yondashuvlari haqida ilmiy-amaliy asosda tavsiyalar berilgan. Maqola psixologlar, ijtimoiy ishchilar va jazoni ijro etish tizimi bilan ishlovchi mutaxassislar uchun foydali nazariy va amaliy manba bo‘la oladi.
jazoni o‘tab qaytganlar, psixologik moslashuv, reabilitatsiya, psixologik muammolar, jamiyatga integratsiya, individual maslahat, guruh terapiyasi, ruhiy salomatlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sobiq mahkumlar bilan ishlash
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.