Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 75–77-betlar
INTERMATN VA UNING TURKIY ADABIYOTDAGI TARIXIY ILDIZLARI
Umarova, Intizor
DOI: 10.5281/zenodo.15734592 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada intermatnlik nazariyasi turkiy mumtoz adabiyot kontekstida o‘rganilgan bo‘lib, Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy ijodi misolida matnlararo aloqalarning badiiy-nazariy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida intermatnlikning asosiy shakllari – iqtibos, allyuziya, qayta talqin va matniy dialog asosida Navoiy va Fuzuliy she’riyati Qur’on oyatlari, hadislar, fors-tojik adabiyoti va tasavvufiy manbalar bilan o‘zaro munosabatda ekanligi ochib beriladi. Maqola zamonaviy adabiyotshunoslik nazariyalari (J. Kristeva, M. Baxnin) bilan Sharq mumtoz poetikasining metodologik integratsiyasini amalga oshiradi. Tadqiqot natijalari turkiy adabiy merosni global nazariy paradigmalar asosida yangicha talqin qilishga xizmat qiladi.
Intermatnlik, turkiy adabiyot, Navoiy, Fuzuliy, Qur’on, Hofiz, tasavvuf, matnlararo aloqa, klassik she’riyat, adabiy dialog, allyuziya, iqtibos, fors-tojik adabiyoti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.