Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 81–82-betlar

TARIXIY YODGORLIKLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI OʻRGANISHDA DUNYO MUHANDISLIK TAJRIBASI

Maksudova, G.A.

DOI: 10.5281/zenodo.15734615 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bugungi kunda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish masalasi global miqyosda muhandislik, konservatsiya va restavratsiya fanlarining kesishgan nuqtasiga aylangan. Bu yo‘nalishda asosiy e’tibor yodgorliklarning arxitektura yaxlitligini buzmasdan, ularni zilzilaga chidamli qilish imkoniyatlariga qaratilgan. Shu bois, har bir mamlakat o‘zining iqlimiy, seysmik va tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda konstruktiv va innovatsion yechimlar ishlab chiqmoqda. Dunyo muhandislik amaliyotida bu boradagi yondashuvlar xilma-xilligi bilan birga umumiy tamoyillarga ham asoslanadi: minimal aralashuv, tarixiy ko‘rinishni saqlash va texnik ishonchlilik. Mazkur tezisda ana shu xalqaro tajribalar tahlil qilinadi va ular asosida tarixiy obidalarni seysmik mustahkamlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar yoritiladi.

madaniy meros, zilzilabardoshlik, tarixiy arxitektura, seysmik xavf, konstruktiv mustahkamlash, konservatsiya, muhandislik innovatsiyalari, restavratsiya texnologiyalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.