Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 133–140-betlar

RAQAMLI MARKETING VOSITALARIDAN FOYDALANISH DARAJASI, QASHQADARYO VILOYATI SANOAT KORXONALARI TAHLILI

Sharipov, Gʻulomjon

DOI: 10.5281/zenodo.15744649 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari uchun raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishi va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi viloyatdagi sanoat korxonalari tomonidan raqamli marketing vositalaridan qanday foydalanayotganini aniqlash va ularning samaradorligini baholashdir. Ushbu tahlil, viloyatdagi sanoat sektori uchun raqamli marketing strategiyalarini optimallashtirishda yordam beradi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, Qashqadaryo viloyatidagi ko‘plab sanoat korxonalari raqamli marketing vositalaridan faqat cheklangan darajada foydalanmoqdalar, va bu ularning bozor raqobatida orqada qolishiga olib kelmoqda. Tahlil qilingan korxonalar o‘rtasida raqamli marketing strategiyalarining samaradorligi ham farqlanadi, ba'zi korxonalar ilg‘or texnologiyalarni joriy qilgan bo‘lsa, boshqalari esa buni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Tadqiqotda shuningdek, raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishi darajasini oshirish uchun tavsiyalar ham keltirilgan.

Raqamli marketing, sanoat korxonalari, marketing vositalari, marketing strategiyalari, Qashqadaryo viloyati, raqobatbardoshlik, texnologik innovatsiyalar, marketing tahlili, raqamli transformatsiya, samaradorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.