Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 158–163-betlar
BINOLARNING SEYSMIK XAVFLILIK BO‘YICHA KONSTRUKTIV TAHLILI
Xolbekov, S.R., Rashidov, S.U.
DOI: 10.70413/zdift-v04-i17-p1-040 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida keng tarqalgan turar-joy va jamoat binolarining zilzilabardoshlik darajasi, ularning konstruktiv tuzilishi hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi tahlil qilingan. Karkassiz, yog‘och yopmali, mahalliy qurilish materiallaridan barpo etilgan hamda temir-beton karkasli va yirikpanelli binolar misolida ularning seysmik xavfsizlik bo‘yicha zaif tomonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Binolarning texnik holatini aniqlashda QMQ 2.01.03-19 va GOST 31937-24 me’yoriy hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada mavjud binolarni mustahkamlash zarurati, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilishning iqtisodiy jihatlari va instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ahamiyati yoritilgan.
zilzilabardoshlik, konstruktiv tizim, QMQ 2.01.03-19, instrumental tekshiruv, karkassiz bino, temir-beton, karkas, yirikpanelli bino, g‘ishtli to‘ldirish, me’yoriy baholash, seysmik xavf zonasi, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.