Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 43–45-betlar
INGLIZ TILINI AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY O‘QITISH TAMOYILLARI
Muxtorova, Raximaxon
DOI: 10.70413/zdift-v04-i18-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda qo‘llanilayotgan an’anaviy va zamonaviy tamoyillar qiyosiy tahlil qilinadi. An’anaviy metodlar, ya’ni grammatik-qoidaviy, tarjima asosidagi va talaffuzga asoslangan yondashuvlar o‘rganiladi. Shuningdek, kommunikativ, interfaol, texnologik vositalar yordamida olib borilayotgan zamonaviy o‘qitish tamoyillarining afzalliklari tahlil qilinadi. Maqolada ingliz tilini samarali o‘rgatish uchun bu ikki yondashuvni uyg‘unlashtirishning dolzarbligi asoslab beriladi. Amaliy misollar orqali o‘quvchilarning til kompetensiyasini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning o‘rni ko‘rsatib beriladi. Xulosa sifatida, ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamonaviy ta’limning muhim yo‘nalishi ekani ta’kidlanadi.
Ingliz tili, an’anaviy o‘qitish, zamonaviy yondashuv, kommunikativ metod, interfaol dars, AKT, til kompetensiyasi, pedagogik tamoyillar, til o‘rgatish metodikasi, innovatsion usullar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.