Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 69–70-betlar

7–8-SINFLARDA INGLIZ TILI O‘QITISHDA ONLAYN PLATFORMALARDAN FOYDALANISHNING AMALIY MEXANIZMLARI

Raxmatullayeva, Barno

DOI: 10.70413/zdift-v04-i18-p1-019 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari ingliz tilini o‘rganish jarayonida onlayn ta’lim platformalaridan foydalanishning samarali usullari yoritiladi. Tadqiqotda mavjud raqamli platformalarning imkoniyatlari, ularni dars jarayoniga moslashtirish mexanizmlari va o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, darslarni interaktiv tashkil etish, topshiriqlarni avtomatik tekshirish, real vaqt rejimida baholash va o‘quvchiga individual yondashuv imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Tezisda amaliy tavsiyalar asosida onlayn platformalardan foydalanish jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari, o‘qituvchi va o‘quvchi uchun qulay interfeys yaratish, texnik talablar va motivatsiyani oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar keltirilgan. Bu mexanizmlar umumiy o‘rta ta’limda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

onlayn platforma, raqamli ta’lim, interaktiv dars, masofaviy o‘qitish, mustaqil o‘qitish, elektron resurs, til kompetensiyasi, raqamli metodika, til o‘qitish mexanizmi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.