Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 41–44-betlar

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA EMOTSIONAL HOLATLARNI IFODALASHNING LINGUOMADANIY VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Kurbanova, Komila

DOI: 10.70413/zdift-v04-i19-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola nutq jarayonida emotsional birliklarni ingliz va o’zbek tillarida ishlatilish holatlaridagi umumiy va farqli jihatlarni tadqiq etadi. Izlanishlar davomida emotsional holatlarni u tildan bu tilga solishtirib tarjima qilganda yuzaga keladigan lingvistik, madaniy va pragmatik qiyinchiliklarni badiiy adabiyotdagi misollar hamda frazeologik birliklar yordamida tahlil qiladi. E’tiborlisi shuki, bugungi kunga qadar, his-tuyg’u bilan bog’liq kontekstlarda tilning pragmatik va madaniyatga oid xususiyatlari to’liq o’rganilmagan soha bo’lib qolmoqda. Maqolaning maqsadi bu sohadagi nazariyalarni umumiylashtirib, ma’lum bir yondashuvga asosan yuqoridagi xususiyatlarni ikki til o’rtasida tahlil etish.

emotsional holat, linguomadaniyat, pragmatika, yuz ifodalar, verbal, noverbal muloqot, hissiy bo’yoqdorlik, his-tuyg’u, frazeologik iboralar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.