Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 67–70-betlar

KORXONALARNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA IMITATSION MOLIYAVIY BAHOLASH USULLARI

Rahimov, Azizbek

DOI: 10.5281/zenodo.15880129 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada korxonalarni innovatsion rivojlanishida imitatsion yondashuvning moliyaviy baholash usullarini o‘rganish asosida korxonalarning raqobatbardoshligini ta’minlashning asosiy xususiyatlarini o‘rganish bo‘lib, bozorda korxona va tashkilotlarning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladigan yo‘nalishlarni o‘rganish. Maqolada iqtisodiyotning innovatsiyalarga asoslangan o‘zgarishi bevosita davlat, xususiy biznes, davlat muassasalari va ilmiy hamjamiyatning innovatsion faoliyati bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Shu sababli, innovatsion faoliyatning mohiyati va mexanizmini o‘rganish mutaxassislar uchun muhim bosqich hisoblanadi. Korxonaning axborot muhitini rivojlantirish, korxonaning yangi modullarini joriy etish, ma’lumotlar uzatish kanallarini modernizatsiya qilish zaruriyati paydo bo‘ladi.

moliyaviy baholash, imitatsion modellashtirish, innovatsion iqtisodiyot, innovatsiya, raqobat, barkaror innovatsion faoliyat, innovatsion salohiyat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.