Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 76–83-betlar

O‘ZBEKISTONDA LEGAL TECH SOHASIDA XALQARO RAQAMLI HUQUQ TEXNOLOGIYALARI SAMMITINI TASHKIL ETISH

Isog‘aliyeva, Ro‘zaxon

DOI: 10.70413/zdift-v04-i19-p1-019 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bu maqolada O‘zbekistonda Legal Tech sohasida xalqaro raqamli huquq texnologiyalari sammitini tashkil etishning strategik jihatlari va ahamiyati, tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va samaradorlikka ta’siri kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda huquqiy amaliyotlarni yanada rivojlantirish uchun texnologiyalardan foydalanish zarurati ta’kidlanib, bu borada mutaxassislikka ega bo‘lgan xalqaro hamkorlarni jalb qilish va tadbirni qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy asoslar kabi rejalashtirish jarayonidagi bir nechta muhim bosqichlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada O‘zbekistonning huquqiy va texnologik holatiga xos bo‘lgan imkoniyatlar va qiyinchiliklar tahlil qilinib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatni Markaziy Osiyoda huquqiy innovatsiyalar markazi sifatida tanitish maqsad qilingan.  Tadqiqot natijalari sammitning raqamli transformatsiyani jadallashtirish, transchegaraviy huquqiy hamkorlikni kuchaytirish va mahalliy legal tech tizimini mustahkamlashdagi salohiyatini yoritib berishga bag‘ishlanadi.

Legal Tech, huquqiy innovatsiyalar, yuridik ta’lim, yuridik hamkorlik, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, xalqaro sammit, xalqaro ekspertlar, huquqiy tizim, blockcheyn, ma’lumotlar xavfsizligi, O‘zbekistonning raqamli rivojlanishi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.