Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 102–104-betlar
OROL DENGIZI QURIGAN TUBIDA YASHIL QOPLAMALARDAGI O‘SIMLIKLARNING SAQLANIB QOLISH KO‘RSATKICHLARI
Madraimov, Rustamjon
DOI: 10.70413/zdift-v04-i19-p1-023 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Orol dengizining qurigan tubida barpo etilgan yashil qoplamalardagi o‘simliklarning, xususan, saksovulzorlarning yashovchanlik ko‘rsatkichlari va ularning ekologik ahamiyati o‘rganiladi. O‘simliklarning omon qolishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar – tuproq sho‘rlanishi, namlik darajasi, tanlangan agrotexnologiyalar va ekilgan o‘simlik turlarining moslashuvchanligi tahlil qilinadi. Tadqiqotlarda 2018–2020 yillarda amalga oshirilgan o‘rmonlashtirish tadbirlari natijasi asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Orol dengizi, yashil qoplama, saksovul, sho‘rlanish, ekologik muhit, melioratsiya, yashovchanlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.